«shavkat mirziyoyev» tegli maqolalar
12 mart 2025, 22:53 Iqtisodiyot
Mirziyoyev va Makron ishtirokida qanday hujjatlar imzolandi?
Bular qatorida strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya, readmissiya hamda O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish to‘g‘risida hukumatlararo bitimlari bor.
12 mart 2025, 22:37 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Fransiya Strategik rejalashtirish guruhini tashkil etadi
Tomonlar 12 mlrd yevrodan ortiq qo‘shma loyihalar portfelidan kelib chiqib, moliyaviy qo‘llab-quvvatlash vositalarini kengaytirishni ilgari surmoqda.
28 fevral 2025, 20:04 Iqtisodiyot
Shifoxonalardagi notibbiy xizmatlar xususiy sektorga o‘tkaziladi
Sog‘lomlashtirish xizmatlarini kengaytirish uchun madaniyat va sport inshootlarini sodda tartibda xususiy sheriklikka berish taklif etilmoqda.
17 fevral 2025, 17:56 Iqtisodiyot
O‘zbekiston Kuvayt bilan Investitsiya platformasini ishga tushiradi
Shu bilan birga, tomonlar Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish hamda Al-Kuvaytda savdo uyini ochishga kelishdilar.
7 fevral 2025, 12:36 Iqtisodiyot
“To‘siqlar juda ko‘p” — prezident tibbiy laboratoriyalarni akkreditatsiyadan o‘tkazish haqida
Davlat rahbari to‘rtda hududda savdo va servis obyektlarini qurish bo‘yicha ishlar qoniqarsizligini, ichimlik suvi, kanalizatsiya va yo‘l qurilishida DXSh loyihalari deyarli yo‘qligini qayd etildi.
31 yanvar 2025, 09:38 Iqtisodiyot
Endi meva-sabzavot yetishtirish va qayta ishlash loyihalariga garovsiz kredit beriladi
Tomorqa xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarga imtiyozli kreditlar, aholi va dehqonlarning namunali loyihalari uchun esa grantlar ajratiladi.
30 yanvar 2025, 18:07 Iqtisodiyot
Tomorqasidan yuqori daromad olgan dehqonlarga yer solig‘ining 90%i qaytarib beriladi
Yeriga ekin ekmaganlar esa yer solig‘ini oshirilgan miqdorda to‘laydi. 2026-yildan qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq hisoblash tartibi o‘zgartiriladi.
30 yanvar 2025, 17:40 Iqtisodiyot
O‘zbekiston ikki yildan keyin kartoshkaga ehtiyojni to‘liq ichki hisobdan qoplashga o‘tadi
2025-yilda kartoshkachilikni rivojlantirishga 400 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Xorijdan olib kelinadigan urug‘lik kartoshka 3 yilga bojxona bojidan ozod etiladi.
30 yanvar 2025, 16:45 Iqtisodiyot
Aholi tomorqasida oziq-ovqat yetishtirishni moliyalashtirishga 5 trln so‘m yo‘naltiriladi
Dehqon xo‘jaliklari va tomorqani rivojlantirish bo‘yicha alohida kengash tuzilib, uning tarkibida “Uzagrostar” xolding kompaniyasi tashkil etiladi.
29 yanvar 2025, 09:39 Energetika
2035-yilgacha O‘zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish 135 mlrd kVt/soatga yetkaziladi
Qo‘shimcha quvvatlarni ishga tushirish uchun kelgusi besh yilda “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari"ga $4 mlrdlik investitsiya jalb qilish ko‘zda tutilmoqda.
28 yanvar 2025, 09:07 Energetika
“Resurs tejamkor iqtisodiyot modeliga o‘tish vaqti keldi” — prezident
Davlat rahbari xarajatlarni 15−20% gacha qisqartirish va qo‘shilgan qiymatni ko‘paytirishga qaratilgan dastur ishlab chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
23 yanvar 2025, 20:26 Iqtisodiyot
Endi ko‘p qavatli uy qurilishi uchun yerlar auksionda faqat QQS to‘lovchi yuridik shaxslarga sotiladi
Bino-inshootlarga yuqori energiya samaradorlik talablari joriy qilinadi. Transport, yoritish tizimlari va zaryadlash stansiyalari faqat “yashil” talablar asosida bo‘ladi.
22 yanvar 2025, 19:34 Ta'lim
O‘zbekistonning 4ta hududida texnika universitetlari tashkil etiladi
35 ta muassasani yiriklashtirish orqali 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi, 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.
21 yanvar 2025, 19:42 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yaponiyalik investorlar uchun maxsus iqtisodiy zona tashkil etish rejalashtirilmoqda
Prezident Yaponiya universitetini ochish hamda professional ta’lim sohasida hamkorlik qilish muhimligi qayd etdi.
17 yanvar 2025, 16:40 Iqtisodiyot
Fuqarolarni tadbirkorlikka jalb qilish uchun kichik biznes loyihalariga 120 trln so‘m kredit ajratiladi
Kambag‘al oilalar a’zolari turizm, elektron tijorat markazlarida ish bilan ta’minlanadi. Ko‘chat ekishga jalb qilinganlarga esa subsidiya beriladi.
16 yanvar 2025, 15:56 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda investitsiya bo‘yicha yangi nazorat tizimi joriy etiladi
Bunda bosh vazir Abdulla Aripov joriy yilgi $42 mlrdlik xorijiy investitsiya bo‘yicha oyma-oy rejani tasdiqlaydi. Hududlar hokimlari va tarmoq rahbarlariga haftada ikki kun investitsiya bilan shug‘ullanish topshirildi.
16 yanvar 2025, 09:47 Iqtisodiyot
“Yangi Toshkent” infratuzilmasi Dubay tajribasi asosida ishlab chiqilishi mumkin
Yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish kabi yo‘nalishlarda yangi loyihalarni ishlab chiqishga kelishildi.
15 yanvar 2025, 17:10 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va BAA investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi
Keyingi besh yilda o‘zaro tovar aylanmasini $6,5 mlrdga, investitsiya hajmini $50 mlrdga yetkazish rejalashtirilgan.
14 yanvar 2025, 21:30 Energetika
O‘zbekistonda 610 GVt “yashil” energiya ishlab chiqarish salohiyati mavjud — prezident
Davlat rahbari uran va muhim strategik xomashyo zaxiralarini o‘zlashtirishda xorijiy kompaniyalarni hamkorlikka chaqirdi.
14 yanvar 2025, 18:20 Texnologiyalar
BAA kompaniyasi O‘zbekistonda yirik ma’lumotlarni qayta ishlash markazini tashkil etadi
Prezident Muhammad bin Zoid nomidagi Sun’iy intellekt universiteti bilan talabalarni o‘qitish dasturini ishga tushirish va kadrlar tayyorlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi"ni qabul qilishni taklif etdi.